San’at naslida va aslida

Mamlakatimizda o‘z hayoti davomida muayyan kasb-hunar bilan e’tiborga molik bo‘lgan sulolalar talaygina. Shajaraning bobosi, ota –onasi va farzandlari ana shu sohani mahkam tutishadi hamda shu sohaning rivojiga o‘z iste’dodi bilan hissa qo‘shishadi. Ana shulardan biri Rejametovlar sulosasidir. To‘g‘on Rejametov ularning rafiqasi Shirin Azizova va ularning farzandlari Fotima, Husan Rejametov va ularning farzandlari ham kino va teatr san’atiga o‘z taqdirini bog‘laganlar.

“Ibratli ijodkor insonlar” ruknidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirning navbatdagi mehmoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist el suygan aktrisa Fotima Rejametova bo‘ldi. U 100 ga yaqin filmlarda katta – kichik rollarni ijro etib muxlislari ishonchini qozongan san’atkorlardandir. O‘z hayoti va ota – onasining kino san’atiga bo‘lgan munosabati borasida ibratomuz misollar keltirib o‘z taqdirida san’atning roli xususida so‘zladi. Talabalar og‘zaki va yozma tarzda turli xil savollar bilan san’atkorga murojaat qilishdi.

Tadbirda QXM va QSEA fakulteti talabalari va dekanlar U. Qo‘ziev, A. Isaevlar qatnashishdi. Tadbir qiziqarli va jozibali yo‘sinda o‘tdi. Tadbir yakunida Borodin uy muzeyi va O‘zLIDEP ijroiya kengashi xodimlari ham qatnashishdi. So‘ngra Institut rektori va “Notiqlik san’ati akademiyasi” ta’lim muassasasi direktorining imzolari bilan tasdiqlangan FAXRIY YoRLIQ va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Bahriddin Muqimov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov