Mehr va gā€˜ururimiz manbalari

8 may kuni Maxsus tayyorgarlik siklida tadbirga Qurolli Kuchlarning harbiy topografiya xizmati ko‘p yillar xizmat qilib nafaqaga bo‘shagan ofitserlar hamkorligida tadbir o‘tkazishdi. Mudofaa vazirligining harbiy topografiya xizmati harbiy qism va muassasalarida, oddiy geodezist lavozimidan boshlab Mudofaa vazirligi Kartografiya markazi boshlig‘i lavozimigacha xizmat qilib, podpolkovnik, Afg‘oniston urushi qatnashchisi va hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi a’zosi, QK xizmatchisi zaxiradagi podpolkovnik Kolotilo Vladimir Nikolaevich, Mudofaa vazirligining harbiy topografiya xizmati harbiy qism va muassasalarida xizmat qilib, Qurolli Kuchlar Modellashtirish va Simulyatsiya bo‘yicha maxsus axborot texnologiyalari markazi elektron-raqamli topografiya bo‘limi boshlig‘i lavozimda xizmat qilgan, nafaqadagi podpolkovnik, hozirga paytda O‘zbekiston Milliy Universitetining geodeziya va geoinformatika kafedrasi dotsenti zaxiradagi podpolkovnik Mirmaxmudov Erkin Raximjanovichlar tashrif buyurishdi. Davra suhbati davomida talabalarga harbiy vatanparvarlik tushunchalari va hozirda tinch davrimizni qadriga yetishga undaydigan tushunchalar bilan o‘tkazilgan davra suhbatidan mamnun bo‘ldilar. Harbiy kafedra nomidan taklif qilingan mehmonlarga minnatdorchilik izhor etildi va ularga sovg‘alar berildi.

Institut harbiy kafedrasi boshlig‘i podpolkovnik R. Minlishev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov