O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yilning 19 mart kuni Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Shu kunlarda mazkur tashabbus ijrosi doirasida respublikamizda qator amaliy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Aynan to‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun "Yerdan foydalanish" kafedrasi hamda Oliy matematika kafedrasining professor-o‘qituvchilar, fakultet dekan muovinlari, tashabbusi bilan 4 - chi talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida men sevgan kitob mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda talaba-yoshlarimiz o‘qishdan tashqari badiiy adabiyotlar o‘qiyotganliklari, bugunga qadar talabalar nechta badiiy adabiyotlar o‘qib tugatganliklari to‘g‘risida suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Eng ko‘p kitob mutolaa qilgan talabalarimiz munosib taqdirlandi. Albatta, bunday tadbirlar mamlakatimizda yoshlarini milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk bo‘lib, tafakkuri keng yurtimiz ravnaqida xizmat qiladigan yoshlar bo‘lib yetishlariga turtki bo‘ladi degan umiddamiz.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov