Yurish-turishgina emas, ko‘rinish-u kiyinish ham madaniyat

Joriy yilning 14-sentyabrida YeRB va SXB va TE fakultetining 2-3-bosqich talabalari bilan birgalikda "Odob-axloq, kiyinish madaniyati" mavzusida  umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda fakultet dekani Sh.Narbaev va  SXB va TE fakulteti xotin-qizlar kengashining raisi R.Qodirovalar so‘zga chiqib, talaba qizlarga  institutning ichki tartib intizomiga rioya qilish va odob-axloq to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Talabalar auditoriyalarda qanday qilib o‘zlarini tutishlari kerakligini, talaba uchun qilingan formalarda kelishlari to‘g‘risida tushuntirib, kerakli maslahatlarini berishdilar. Shundan so‘ng talaba qizlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi.

Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Xafizova axboroti

Institut Matbuot markazi rahbari R. Jumaniyozov