11- sentyabr kuni 4-Talabalar turar joyiga 1-kurs talaba qizlar bilan uchrashuvda tartib-qoidalar bilan bog‘liq masala va vazifalar muhokama qilindi. Uni yoshlar masalalari bo'yicha Rektor maslahatchisi hamda institut Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Rasulov Davronbek va Talabalar turar joylari kengashi raisi Saidahmedov Jahongir birgalikda tashkil etishdi.
Talabalar turar joyiga joylashish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsad qilindi. Ayni damda Talabalar turar joyida yashovchi 1-kurs talaba qizlarning fikr-mulohazalari va takliflari ham tinglandi.
TIQXMMI matbuot xizmati