Jon va tan aslida, jonajon vatan bilan uyg‘un. Har ikkalasi ham asrab-avaylashga loyiq. Bu esa insonning irodasi va vatanparvarlik tuyg‘usi bilan bog‘liq. Tanparvarlar ko‘p, vatanparvarlar kam bo‘lgan jamiyatda yurt qismatiga daxldorlik tuyg‘usi bo‘lmaydi. Ularning biri badanini himoya qilsa, ikkinchisi esa kindik qon to‘kilgan makonini ko‘z qorachig‘idek asraydi. Demak, vatan tuyg‘usi chinakam vatanparvarlar qalbida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularning qalbida Vatan taqdiriga yuksak daxldorlik, shijoat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirish bo‘yicha 2018 yil 12 oktyabrda “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzusida “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti talaba-yoshlar bilan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
TIQXMMI harbiy kafedra boshlig‘i podpolkovnik R.Z.Minlishev, harbiy kafedra boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik V.I.Tagayev, harbiy kafedra yetakchi o‘qituvchilari zahiradagi podpolkovniklar X.I.Ergashev va M.T. Umirov hamda “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekan o‘rinbosarlari Sh.Berdiyev va J.Raximovlar ishtirok etdilar.
“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekan o‘rinbosari Sh. Berdiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov