Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha

O‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni, butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz avvalo, o‘z jangovar postida doimo hushyor va sergak turib, yurtimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan mard va jasur, sodiq o‘g‘lonlarimizni, fidoyi ota-bobolarimizni, haqiqiy vatanparvar insonlarni sharaflab, ularning sha’niga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Xalqimiz azaldan o‘lkamizni bosqinchilardan himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va daxlsizligi uchun kurashgan qahramonlarini e’zozlab kelmoqda.

Shu o’rinda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Gidromelioratsiya fakulteti dekani Alisher Fatxulloyev, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi mudiri Aybek Arifjonov, “Profesional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedra mudiri Zuhra Ismoilova hamda dekan o’rinbosarlari tomonidan 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan Lashkarbegi mahallasida istiqomat qiladigan Abdullajon Artikbayevdan xabar olindi. Mehnat faxriysiga "Gidromeliotsiya" fakulteti rahbariyati tomonidan sovg’alar berildi. Urush faxriysi Institut tomonidan ko’rsatilgan bunday e’tibordan   xursand va o’z minnatdorchiligini izhor etdi.

TIQXMMI  matbuot  xizmati