Joriy yilning 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida akademik M.Rahmanov va B.Zaripovlarning “Iste’dodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir -Li Kuan Yu hikmatlari” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda akademiklar, olimlar, yozuvchilar, kutubxona foydalanuvchilari hamda "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining 1 - kurs talabalari ishtirok etishdi.
Taniqli olimlar M.Rahmatov va B.Zaripovlar tomonidan Li Kuan Yu hayotiga bag‘ishlab tayyorlangan ushbu qo‘llanma durdona kitoblar sirasiga kiradi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki ko‘pchilik mutaxassislar azmu-shijoatda, g‘ayratu jasoratda, aqlu-zakovatda Den Syaopin, Li Kuan Yuga qiyos etilayotgan Prezident Sh.Mirziyoyevning keyingi 3 yilda amalga oshirgan tub islohotlarining mohiyatini tushunib yetish, ularning istiqboliga ishonch ko‘zi bilan qarash hamda qo‘llab-quvvatlash uchun mazkur risola har bir rahbar, har bir tadbirkor, har bir yurtdoshimizning kundalik qo‘llanmasiga aylanmog‘i darkor.
Ushbu kitob katta-kichik barcha rahbarlar, ishbilarmonlar, olimlar, izlanuvchilar, xullas Vatanimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan desak to‘g‘ri so‘zlagan bo‘lamiz. Barcha ishtirokchilar o‘z nutqida talabalarga kitob to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar berib o‘tishdi. Aytish mumkinki, ushbu tadbirdan talabalarimiz o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi. Shuningdek, barcha 1 kurs talabalari kutubxonaga a’zo bo‘lib qaytishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov