11-oktyabr kuni “Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi” kafedra professori Z.Ismailova rahbarligida Tarbiyaviy ish metodikasi darsida “GM”va “KXEA” fakultetining Kasbiy ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarida “Yotoqxonalarda tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish” mavzusida “Ustoz-shogird”tizimi asosida “Binar” darsi tashkil etildi. Darsning maqsadi talabalarda ayniqsa bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazish metodikasi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirishdan iborat edi. Bugungi darsda ana shu maqsadga erishildi.
Guruh sardori S.Imomalieva va o‘qituvchi Z.Ismailova tomonidan darslar pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda tashkil etildi. Guruh sardori talaba bugun talaba emas, balki o‘qituvchi sifatida faol qatnashdi. Guruhdagilar 3 taga bo‘lingan holda har biriga berilgan topshiriqlar doirasida ishlashdi. 1 ta guruh esa namunali guruh sifatida birinchilar qatorida tayyorgarlik ko‘rib 3 ta jamoa oldida o‘zini namunali guruh ekanligini ko‘rsata oldilar. Bularga S.Imomalieva tomonidan rag‘batlantirish bali berildi va shu tariqa guruhlarda ish jarayoni olib borildi. Berilgan vaqt davomida jamoalar ishlab, ketma ketlikda taqdimotlarini taqdim etdilar va ular ham biri-ketin mezonlar asosida baholanib borildi.
Natijada:
- barcha talabalar bugungi dars jarayonida baholandilar;
- o‘zlariga xos tadbirlarni tashkil etish bilim va ko‘nikmasiga ega bo‘ldilar;
- “Axborot soatlari”, “Yotoqxonadagi tadbirlar”va auditoriyadan tashqari tadbirlarni o‘tkazish malakasiga ega bo‘ldilar.
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov