Tayanch doktorantlarning hisobotlari

Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Germaniyaning Folksvagen (Volkswagen Stiftung) fondi ko'magida Germaniyaning Leybnits O'tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo'jaligini rivojlantirish (IAMO) ITI va TIQXMMI hamkorligida tashkil etilgan “SUSADISA - Markaziy Osiyoda qishloq xo'jaligini barqaror rivojlantirish” doktorantura (PhD) maktabi loyihasi tayanch doktorantlarining 2020- yil davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlari bo'yicha hisobotlari hamda ilmiy faoliyatlari muhokamasi bo'lib o'tdi.

Zoom platformasi orqali tashkil etilgan uchrashuvda Germaniyaning bir qator universitetlari professorlari, TIQXMMIning professor-o'qituvchilari hamda loyiha kordinatori va doktorantlari ishtirok etishdi. Onlayn tashkil etilgan ushbu uchrashuvda dastlab Prof. Martin Petrik SUSADISA loyihasi bo'yicha bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, tashkil etilgan uchrashuvlar va modul kurslar bo'yicha to'xtalib o'tdi. Shundan so'ng, Markaziy Osiyoda qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishi bilan bog'liq masalalarga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik yo'nalishlarni qamrab oluvchi “O'zbekistonda shakllanayotgan klaster tizimi bo'yicha paxta yetishtirishning iqtisodiy tahlili”, “Markaziy Osiyoda o'simliklar diversifikatsiyasi: siyosat, hal qiluvchi va ijtimoiy omillar”, “Iqlim o'zgarishining sug'orma dehqonchilikka ta'siri va Markaziy Osiyoda moslashish imkoniyatlari” va “O'zbekistonda suvni to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita boshqarishni tadqiq etish” kabi  mavzular doirasida ilmiy izlanish olib borayotgan doktorantlarning hisobotlari tinglandi. Yig'ilish ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda professorlar tomonidan doktorantlarga ilmiy yo'nalishlari bo'yicha qo'shimcha maslahatlar berib o'tildi. Ikki kun davom etgan ushbu onlayn uchrashuvda yortilgan mavzular bugungi kun uchun dolzarb xisoblanib, qizg'in munozara va muhokamalarga boy bo'ldi va yakuniy qismida keyingi yil uchun rejalar tuzildi.

 Quyidagi linklar orqali loyiha to'g'risida to'liqroq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin:

Website: https://www.iamo.de/en/research/projects/details/susadica/

Facebook: https://www.facebook.com/susadica/

Telegram: https://t.me/SUSADICA_in_TIIAME

 

                       

TIQXMMI matbuot xizmati