Ustoz va shogirdlik an’anasi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli va 2018 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi PQ-3702 sonli qarorlarida sohamizaga daxldor muhim yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berilgandi.
Unda qayd etilganidek, oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazishni samarali tashkil etish, har bir talabaning tegishli tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o‘tkazilishini tashkillashtirish, talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini sohaviy korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan chambarchas bog‘lash zarur. Shuningdek, korxona va tashkilotlar ob’ektlarida talabalarning amaliyotini tashkil qilish va ustoz-shogird tizimi asosida o‘tilishini ta’minlash hamda talabalarni ishlab chiqarishning yangi me’yoriy hujjatlari, zamonaviy informatsion dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish, tizimdagi korxonalar va tashkilotlarda talabalarning ilmiy ishlarini bajarishga ko‘maklashish kabi belgilangan vazifalar amalga oshirish maqsadida joriy yilning 6 - noyabr sanasida TIQXMMIIda “Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri, dotsent D.V. Nazaraliyev  viloyatlar  suv omborlari boshqarmalari boshliqlari bilan  hamkorlik borasida suhbat tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida  hamkorlik shartnomasini tuzishga kelishib olindi.

 

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov