“Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining yetakchi professor-oʻqituvchilari TDTU “Energetika” fakultetining “Elektr taʼminoti” va “Muqobil energiya manbalari” kafedralarida boʻlib, kafedra xodimlarining ilmiy, uslubiy va tarbiyaviy - tashkiliy faoliyati bilan tanishdi va laboratoriya bazasini shakllantirish jarayonini oʻrgandi. Qayta tiklanuvchan energiya manbalari, Elektr taʼminoti va boshqa fanlar boʻyicha ishchi oʻquv dasturlari, darslik, oʻquv qoʻllanmalar va metodik ishlanmalarni shakllantirish boʻyicha tajriba almashildi. Bundan tashqari laboratoriya qurilmalari hozirgi kunda taʼlim uchun qoʻyilayotgan talablariga toʻliq javob berishi jumladan, ASKUE tizimida ishlovchi quyosh – shamol elektrstansiyasi biz katta qiziqish uygʻotdi. Tashrif yakunida “Elektr taʼminoti” va “Muqobil energiya manbalari” kafedralari bilan hamkorlik shartnomasini tuzish boʻyicha kelishib olindi.
ET va QTEM kafedrasi mudiri PhD D.B.Qodirov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov