Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Inson tafakurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bogʻliq” deb bejiz aytishmagan. Haqiqatdan ham, biz oʻzimizdagi jamiki yaxshi fazilatlar, hayotda erishayotgan barcha yutuqlarimiz bizga taʼlim berayotgan ustozlarimiz va ularning mahorat va mexnatiga bogʻliq.
Kasb taʼlimi yoʻnalishida taʼlim olayotgan institutimiz talabalariga pedagogika fanidan taʼlim metodlari bosqichma-bosqich oʻrgatib boriladi Bugun 13 dekabr 2018 yil Pedagogika psixologiya va oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri p.f.d., professor. Ismoilova Zuxra Karaboyeva “Kasbiy pedagogikada taʼlim metodlari” mavzusida Ochiq maʼruza darsini taqdim etdi. Maʼruzada Toshkent Iqtisodiyot Universiteti dotsenti Raʼno Abdullayeva, Gidromelioratsiya fakulteti dekani Alisher Fatxullayev hamda institut professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti