Qarshi shahridagi Xotira majmuasida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda TIQXMMI Qarshi filiali professor-o‘qituvchilari va 150 nafar talaba-yoshlari ham ishtirok etib, harbiy orkestr sadolari ostida maydondagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi. Tadbirdan so‘ng, shahar ko‘chalarida harbiy parad o‘tkazildi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov