Mustaqil ta’lim va innovatsiya

Oliy ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tilishi natijasida, talabalar 5+1 tizimida o’qishni boshladilar. Ya'ni, besh kun auditoriyada nazariy bilimlarni olishadi, qolgan bir kunda amaliy bilimlarni olish maqsadida sohaning yetakchi korxona va tashkilotlarida o’z bilimlarini mustahkamlaydilar. Shu munosabat bilan ,,Gidromeloratsiya” fakulteti ,,Suv xo’jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish’’ yo’nalishi 108-guruh talabalari “AGRO DRIP” korxonasiga tashrif  buyurishdi.     

 

Tashrif davomida talabalar tomchilatib va yomg'irlatib sug’orish usullarini butlovchi qismlarini ishlab chiqarishdan tortib loyihalash, qurish va to’liq ishchi holda topshir jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Talabalarga sug’orishdagi eng so’nggi innovatsion uskunalarni korxona rahbari Yusupov Azimjon  tanishtirdi. Shuningdek, talabalar guruh murabbiyi hamrohligida “AGRO DRIP” korxonasining “showroom”  xonasida ham bo’ldilar va qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

Guruh murabbiyi Daulet G’ulomov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati