2021-yil 13-martda "Suv xo‘jaligini tashkiil etish va boshqarish" fakultetining Turonbank auditoriyasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda ATB Turonbank Boshqaruv Raisining xorijiy maslahatchisi Andrey Mixaylovich Svetlichniy zamonaviy bank tizimida, iqtisodiyotda yuz berayotgan transformatsiya jarayonlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Ma’ruza fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan diqqat bilan tinglandi. Ma’ruza savol va javoblarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, Turonbankda amalga oshirilayotgan islohotlar jiddiy tahlil qilindi. Seminar fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun foydali bo‘ldi.
TIQXMMI matbuot xizmati