NATIJADOR TRENING

Joriy yilning 7 - 11 - may kunlari Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi bo‘yicha Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, Chust ko‘chasi 1 - uyda joylashgan «Platforma» o‘quv markazida tashkil etilgan treningda "Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish" kafedrasi assistenti K.U.Musayev va doktoranti D.Raxmonov  ishtirok etdi.
K.U.Musayev va D.Raxmonov  7 - 8, 10 - 11 - may kunlari bo‘lib o‘tgan trening dasturida ko‘rsatilgan har bir bandlari bo‘yicha olingan bilimlar asosida ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajardi. Treningning oxirgi, ya’ni 11- may 2019 - yili “Prezi.com saytida taqdimot qilish” mavzusida bitiruv ishi taqdimotini himoya qildi. Ushbu Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi bo‘yicha olgan bilimlarni kafedrada taqdimot qilib hisobot berdi. Treningda taqdim etilgan va orttirilgan malaka-ko‘nikmalar kelgusida o‘z ijobiy samarasini berishiga ishonchimiz komil.

 

 

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov