Muammolarning yechimi ilmda!

Joriy yilning 14 iyun’ kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetitining bir guruh iqtidorli va tashabbuskor yoshlari bilan institutning Ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy - pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Imomov, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimlari bilan birgalikda uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv doirasida bevosita talabalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Sh.Imomov so‘zga chiqib hozirgi kunda yaratilyotgan yangiliklar, innovatsion g‘oyalar va prezidentimizning yoshlarga alohida e’tibor berilayotgani to‘g‘risida aytib o‘tdi. Fakultet talabalariga murojaat qilib ulardagi muammo hamda takliflar bilan tanishdi. Iqtidorli va tashabbuskor talabalar tomonidan bunday yuzma-yuz, ochiq uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazilishi ularni yanada tashabbuskor hamda ilm-fanga qiziqishlarini orttirishini ta’kidlashdi.

Ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy - pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi muhandisi Do‘stov J A axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov