2018-yil 14-dekabrda institutning 7-maʼruzalar zalida (QSXET va QXM fakultetlarining talabalari) “Oilada zoʻravonlikning oldini olish” mavzusida umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Ushbu yigʻilishda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 2-IIB boshligʻi podpolkovnik Kamoliddin Daminov va 2-IIB huquqbuzarlik profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi katta leytenat Javohir Yakubovlar qatnashib hozirgi kunda oilalarda sodir etilayotgan zoʻravonliklar, ayollarning huquqlarini poymol etish, ayniqsa yosh oilalar oʻrtasidagi janjallarni toʻxtovsiz davom etishi, oʻz uyining zulm qurbonlari boʻlgan ayollar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdilar. Shundan soʻng talabalar bilan birgalikda savol-javoblar boʻlib oʻtdi.
Institut xotin-qizlar kengashining raisi Zulfiya Hafizova axboroti
Istitut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov