Bugun, 15-yanvar kuni “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi professor-oʼqituvchilari O.Roʼziqulova, S.Xikmatullaev, А.Joʼraevlar tomonidan Toshkent shahridagi 150-maktabda Geografiya fanidan “Oʼzbekiston orografiyasi” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Ochiq maʼruzani maktab direktori Аripova Komila Karimovna ochib berib, oʼzlari ham dars soʼngigacha bolalar bilan tenga-teng savollar javobini qidirib, tingladilar. Dars boshlanishida dots. O.Roʼziqulova 2021-yil nomini oʼquvchilarda soʼradi. Ular bir ovozdar “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligi” yili deb javob berdilar. Soʼngra sizlar qaysi kasb egasi boʼlasiz degan savolga oʼquvchilar: shifokor, ustoz, quruvchi, usta, hunarmand kabi javoblarni berdilar. Soʼngra kasb tanlashda oʼquvchini qobiliyati va qiziqishi asosiy hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Maqsadni aniq qilib, maqsad sari dadil harakat qilish lozimligi boʼyicha maslahatlar berildi.
Dars davomida kafedra ustozlari tomonidan oʼquvchilar orasida qiziqarli savol-javoblar oʼtkazildi.
Gʼolib oʼquvchilarga karta va atlaslar sovgʼa qilindi. Bundan tashqari, assistent oʼqituvchi А.Joʼraev tomonidan Yer resurslarini boshqarish fakuteti faoliyati yuzasidan maʼlumot berilib, bukletlar barcha oʼquvchilarga topshirildi. Unda fakultet faoliyati va taʼlim yoʼnalishlari batafsil yoritilgan. Yuqori sinf oʼquvchilarini kasbga yoʼnaltirish maqsadida institutimizda mavjud bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. Oʼquvchilarda Toshkent relefli-landshaftli globusi katta taassurot qoldirdi. Dars soʼngida oʼquvchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Yigʼilish soʼngida oʼquvchilar va maktab rahbari “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi ustozlarini oʼquvchilar bilan oʼtkazgan ochiq darslari uchun minnatdorlik bildirib, kelasi safar bitiruvchi sinflar bilan uchrashuvga taklif qildilar. Kafedra oʼqituvchisi S.Xikmatullaev geografiya fanidan sinflararo qiziqarli bellashuvlar tashkil etishni va musobaqaga xakam sifatida qatnashish taklifini kiritdi. Dots. O.Roʼziqulova oʼquvchilarni “Yosh oʼlkashunos” toʼgaragiga darsdan soʼng taklif qildi. Oʼquvchilar tomonidan bu taklif xursandchilik bilan kutib olindi. Geografiya oʼqituvchisi Normuxammedova Shaxnoza Xusnitdinovnaga bolalar bilan ishlashda pedagogik texnologiyalar boʼyicha maslahatlar berildi. Yunusobod tumanidagi 150-maktab va TIQXMMI oʼrtasida imzolangan shartnomaga koʼra, maktab oʼquvchilari bilan rejali aloqalar davom ettiriladi. Institut Pedagogika kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan 150-maktabni 5 nafar oʼqituvchilari pedagogik mahorat darslarida masofadan malaka oshirdilar.
TIQXMMI matbuot xizmati