2019 yil 14 mart kuni "Butunjahon suv kuni"ga bag'ishlangan tanlov o'z nihoyasiga yetdi. Kunning birinchi yarmida ro'yhatdan o'tgan talabalar uchun videoroliklar va taqdimotlar tanlovi hamda texno-ko'rgazmalar tanlovi namoyishi tashkil etildi. Ushbu tanlovlar ham hakamlar hay'ati tomonidan ko'rib chiqildi va baholandi.
Kunning ikkinchi yarmida esa 5 bosqichli tanlovning g'oliblariga esdalik sovg'alar va faxriy yorliqlar topshirish jarayoni, taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbirni institutimiz rektori O'ktam Pardayevich Umurzakov ochib berdi. Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligi Vaziri o'rinbosari Akmal Mirzayev, Yevropa ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Elchi Eduards Stiprays, O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining Barqaror rivojlanish klasteri rahbari Xurshid Rustamovlar so'zga chiqishdi.
Tanlov Moderatori Sherzod Sharipov tomonidan nominatsiyalar bo'yicha birinchi o'rin g'oliblarining taqdimotlari namoyishi tashkil etildi. Tadbir yakunida esa tanlov tashkilotchilari tomonidan 5 bosqichli tanlovning 1-2-3 - o'rin g'oliblariga esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar topshirildi. 1-o'rin g'oliblarining har biriga Noutbok(Kompyuter), Printerlar, 2-o'rin g'oliblariga qimmatbaho Planshet (Smartfonlar), 3-o'rin g'oliblariga qattiq disklar (terabaytlar) tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan institut rahbariyatiga, barcha ishtirokchilarga, ayniqsa tashabbuskor va tashkilotschiligidagi jonbozligi uchun prorektorimiz Sultanov Toxir Zokirovichga talabalar nomidan minnatdorchilik bildirildi. Keyingi tanlovlarda siz ham faol bo'ling va g'oliblar safidan joy oling.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov