Maktabni bitirayotgan maxalla yoshlarini oliy ta’lim muassalariga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Oqqo‘rg‘on” maxallasiga institutdan biriktirilgan mas’ullar B.Xasanov va G‘.Bekmirzaevlar hamda maxalla raisi M.Abdullaev bilan hamkorlikda maxallada yashovchi yakka yolg‘iz keksalar (3 nafar), nogironlar (4 nafar) va ijtimoiy muxofazaga muhtoj oilalar (12 nafar) va boquvchisini yo‘qotgan oilalar (2 ta)ni har tomonlama qo‘llab - quvvatlash, ularning holidan xabar olish va ularga amaliy yordam berish bщyicha amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirib olishdi.

Bu yil maxallada ko‘plab yigit-qizlar maktabni bitirayotganligini hisobga olib va “Yoshlar daftari”ga kirgan uyushmagan yoshlar uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun intitutning “Oliy matematika» kafedrasi bilan birgalikda Matematika fanidan kurslar tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

 

TIQXMMI matbuot xizmati