Joriy yilning 11 avgust kuni Zoom platformasida Erasmus+ “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasining navbatdagi boshqaruv onlayn yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda loyihaning Vengriya, Avstriya, Germaniya hamda O’zbekistondagi (TIQXMMI, O’zMU, QDU, TAQI, SamDAQI) hamkorlari ishtirok etdilar. Yig’ilishni loyiha koordinatori Lorant Foldvary olib bordi.
Yig’ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- WP1. Loyiha boshqaruvi (tashqi audit, moliyaviy hisobotlar);
- WP3. O’quv materiallarini yaratish (o’qitish va o’qish uchun tayyorgarlik darajasi);
- WP4. Ta’lim infrastrukturasini shakllantirish (Qo’shma ilmiy tadqiqot markazi uchun jihozlar sotib olish bo’yicha tender o’tkazish; Qo’shma ilmiy tadqiqot markazi ustavi va Biznes model);
- WP5. Geofazoviy atamalar glossariysi (garmonizatsiya rejasi va tasdiqlash jarayoni);
- WP6. Malaka oshirish (PhD talabalarning Yevropada tahsil olishlari, Geoinformatika bo’yicha yozgi maktab);
- WP7. An’anaviy ilmiy konferensiyalar (loyihaning so’nggi monitoring yig’ilishi va GI2020 Xalqaro konferensiyasi);
- WP9. Loyihani tarqatish va natijalardan foydalanish (NEO jurnali uchun maqolalar tayyorlash) va boshqa turli masalalar.
Yig’ilishda TIQXMMIdan loyihaning O’zbekistondagi milliy koordinatori, Yerdan foydalanish kafedrasi tayanch doktoranti Ilhom Abdurahmanov hamda loyihaning O’zbekistondagi milliymenejeri, Innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasteri rahbari Mamanbek Reimov ishtirok etdilar. Loyiha doirasida 2020 yil so’ngiga qadar TIQXMMIda tashkil etilayotgan Geoinformatika qo’shma ilmiy tadqiqot markazi uchun 115 ming yevrolik asbob-uskunalar sotib olish rejalashtirilgan. Loyiha to’g’risidagi batafsil ma’lumotni loyihaning quyidagi rasmiy veb-sahifasidan olishingiz mumkin: www.dsingis.eu
TIQXMMI Matbuot xizmati