“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekani A.Isaqov 2019 yil 11-13 sentyabr kunlari shu fakultetning 1-4 kurs talabalari bilan 2019-2020 o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov kontrakt va talabalarga stipendiya tayinlash masalasi bo‘yicha, 8-ma’ruzalar zalida yig‘ilish o‘tkazdi. Bundan tashqari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan loyihalanayotgan kontrakt va stipendiya masalalari barcha talabalarga tushuntirildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga A.Isoqov tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov