Ruhiy darmon inson tabiatiga xos. O‘z hayoti, o‘qish davridagi turli muammolar ruhiy kechinmalarni yengish uchun aql-idrok fahm-u farosatning roli katta. Shuning uchun ruhiyatshunoslar bilan suhbatilarni tashkil etish foydadan xoli emas. QXM fakulteti Xotin – qizlar raisasi N.A.Xoliqova tomonidan fakultet talaba qizlari va institut psixologi M.K.Muhammedova bilan uchrashuv tashkil etdi. Ushbu uchrashuvda psixolog talaba qizlarga kerakli ma’lumotlarni berib o‘tdi va fikr almashdi. Psixolog har bir talaba qizlarni psixologik test asosida muammolarini o‘rgandi va hal etish fikrlarini bildirdi. Psixolog va fakultet xotin-qizlar raisasi hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi.
QXM fakulteti xotin-qizlari raisasi N.A.Holiqova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov