O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qaroriga hamda Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim dasturlari fanlari bo‘yicha o‘qitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutida har bir kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan har xaftada bir marotaba “sifat guruhi” darslari o‘tib kelinadi. Tasdiqlangan grafikga asosan Nazariy mexanika va qurilish mexanikasi kafedrasida 2019 yil 9-oktyabr soat 15.30 da kafedra professori T.Mavlonovning kalendar rejasiga asosan “Nazariy mexanika” fani bo‘yicha 7-ma’ruzaga tayyorgarlik taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ma’ruza assistenlar uchun maxorat maktabi desak mubolag‘i bo‘lmaydi. Shu kuni Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasida ham qator taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Kafedra stajyor-o‘qituvchi J.Mirzaqobulovning kalendar rejasiga asosan “GM” fakulteti “Suv resurslarini boshqarish” fani bo‘yicha 7-amaliy mashg‘ulotiga tayyorgarlik taqdimoti, assistenlar A.Xamidovning hamda K.Shipilovalarning “Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti” va “Tabiatni muhofaza qilish” fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik taqdimotlari tinglandi va ijobiy deb baholandi. “Sifat guruhi” darslari o‘quv yili davomida muntazam olib boriladi hamda sifat komissiyasi a’zolari tomonidan baholanadi.