Ijaradagi talabalar bilan davra suhbati

Bugungi kunda ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talaba-yoshlar bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ijarada turadigan talabalar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 2 - zalida fakultet dekani Sh. Narbayev hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H. Eshova tashabbusi bilan ijarada va yaqin qarindoshining uyida istiqomt qilayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘limi boshlig‘i Z. Haydarov ijarada yaqin qarindoshinikida va tanishining uyida yashovchi talabalar qanday tartibda ijara shartnomasi qilish kerakligi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, tadbirga so‘zga chiqqanlar talabalarga eng avvalo, uy egasi bilan ijara shartnoma qilish lozimligi to‘g‘risida, ijarada yashash tartib qoidalari, yashash manzili bo‘yicha mahalla hamda uchastka noziri bilan doimiy aloqada bo‘lishlari lozimligi to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar berishdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar orqali javob olishdi.

 

 

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati