TIQXMMI Buxoro filiali “Gidrologiya va Ekologiya” kafedrasi o’qituvchisi Qobulova Barno boshchiligida “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” yo’nalishi 2-bosqich talabalari bilan birgalikda Qorovulbozor tumanida joylashgan Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida bo’lishdi. B. Qobulova “Jayron” pitomnigida mavjud shart-sharoitlar haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi. Maʼlumot oʻrnida, Pitomnik A-380 avtomagistralida joylashgan. Umumiy maydoni 16 522 ga boʻlib, unda jayron, turkman quloni, Buxoro togʻ qoʻyi va bugʻusi kabi noyob hayvonlar koʻpaytiriladi.
Shuningdek, pitomnikning Himoyalangan hudud maydoni – 5 145 gaʻni, Ochiq hududi esa 11 377 gaʻni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kelgusida viloyatda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida, Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida sayyohlar uchun maxsus 20 oʻrinli “Tashrif markazi” binosining qurilishi rejalashtirilgan. Maʼlumot oʻrnida, Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi hududida yashaydigan umurtqali hayvonlarning 50 ga yaqin turi va umurtqasiz hayvonlarning 6 turi Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi” va Xalqaro “Qizil roʻyxatga kiritilgan.
TIQXMMI Buxoro filiali Matbuot xizmati