Xalqni xalq, millatni millat sifatida tanitguvchi vosita bu – til.
Bugun Tillar kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Raximova Komila Nafasovna 1 bosqich (rus guruhi) talabalariga ulug‘ bobomiz, g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir, Mir Alisher Navoiy hamda Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida Ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada Tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda O‘quv-uslubiy boshqarma hodimlari ishtirok etishdi.
O‘qituvchi ma’ruzani boshlashdan avval, o‘tgan darsda o‘tilgan Jaloliddin Manguberdi haqida talabalardan so‘rab o‘tdi. Shundan so‘ng ajoyib g‘azal bilan ma’ruzani boshladi. Har bir talabaga mavzuga doir ma’lumotlar berilgan bo‘lib, bu talabalarning o‘qituvchi bilan birgalikda ma’ruzani davom ettirishlari uchun qulay imkoniyat berdi. Bundan tashqari talabalar o‘zlari bilgan ma’lumotlar haqida qisqacha so‘zlab berdilar, o‘qituvchi esa ularning ma’lumotlarini to‘ldirib bordi.
Kichik guruhdan iborat bo‘lgan guruhga mavzuga oid jumboq taqdim qilindi va topshiriqni birinchi bo‘lib bajargan talabalar a’lo baho bilan baholandilar. Ma’ruza qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Talabalarga bobolarimiz asarlaridan ixtiyoriy ravishda tanlab o‘qib kelishlari vazifa qilib berildi. Institut axborot resurs markazida ajdodlarimiz asarlarining turli tillarga tarjima qilingan variantlari, kitob va elektron variantlari mavjud bo‘lib, talabalar kitoblarni topib vazifalarni bajarib, bilimlarini oshirishda aslo qiyinchiliklarga duch kelishmaydi. Kuzatuvchilarimizni ham Ochiq ma’ruzalarimizda ishtirok etishga hamda durdona asarlardan bahramand bo‘lishga taklif etamiz!!!
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti.