Hind hikmatlarida shaxmatning o‘zi hayot falsafasi va ikki davlat orasidagi munosabatlar timsoli sifatida izohlangan. Shunday ekan, aql-idrok, mantiqiy mushohada shaxmat va shashkada muvaffaqiyat quchishining muhim garovi ekanini bilish ahamiyatlidir.
“Jahon falsafa kuni”ga bag‘ishlangan 2 - TTJda “GIM” fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan 2, 3 -TTJlarda istiqomat qiladigan talabalar va institut qoshidagi akademik litsey yotoqxonasida yashovchi barcha fakultet talabalari -o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida shaxmat va shashka o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Shaxmat bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Yef va Yek”fakulteti 212 - guruh talabasi Sardor O‘rolov birinchi o‘rini egalladi. Shashka bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi birinchi o‘rin esa “GM” fakulteti 209 - guruh talabasi Mahbuba Tojievaga nasib etdi. Musobaqa yakunida o‘yin natijasiga qarab faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari va kitoblar taqdim etildi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining assistenti Bahriddin Muqimov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov