Shu kunlarda O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlashga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Tuman va shaharlardagi markaziy xiyobonlar, maydonlarda ta’lim muassasalarda bayram archalari o‘rnatilib, bezatilmoqda. Bayram taraddudi barcha jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalarida o‘ziga xos tarzda kechishi tayin. Kuni kecha "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti talabalar turar joyida ham bayram archasi o‘rnatilib, talaba-yoshlarimiz uchun qishki ta’tilga ketish oldidan ajoyib bir bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, Yerdan foydalanish kafedrasi mudiri A.Bobojonov, kafedraning katta o‘qituvchisi S.Sharipov, professor-o‘qituvchilar va 5 - talabalar turar joyida yashovchi barcha talabalar ishtirok etishdi. Yangi yilni kutib olish ma’lum ma’noda o‘tgan yilning sarhisobi va kelayotgan yildagi rejalarni belgilash ham demakdir. Yil davomida erishilgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar insonning o‘z-o‘ziga hisoboti, ayni paytda o‘z kasbiga, vazifasiga nisbatan mas’uliyatini oshirishi tayin. Shuningdek, bayram arafasida talabalar turar joyida o‘zining namunali xulqi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga faol yotohona kengashi a’zolari, hamda talabalar turar joyida eng namunali xona nominatsiyalari bilan bir qator talabalarimiz faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bayram ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Kirib kelayotgan 2020 yil barchamizga muborak bo‘lsin.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov