Bugun 2020-yil 15 – dekabrda rektorat topshiriqlari yuzasidan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash faoliyatini o‘rganish va tajriba almashish maqsadida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masul t.f.n., dotsent Xoliqova Nargiza Abduvalievna tomonidan Turin Politexnika Universitetiga tashrif etildi. Tashrif davomida Xoliqova Nargiza Abduvalievna tomonidan xotin-qizlar masalalariga oid me’yoriy hujjatlar, ularda yaratilgan sharoitlar, ish yuritish uslublari va ularni rasmiylashtirish kabi masalalar bo‘yicha tajriba almashindi. SHu bilan birga ular tomonidan “Ayollarni zo‘ravonlikdan ximoya qilish va gender tenglik” masalalariga oid ZOOM platformasida o‘tkazish rejalashtirilgan tadbirda institutimiz Xotin qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Z.Ismailova bilan hamkorlikda ishtirok etildi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan institutimizning hamkorlik shartnomasi tuzildi. Endilikda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha tajriba almashinish va ular bilan faoliyat jarayonida: gender tenglik, olima ayollar klubi, qizlarjon klubi va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa xotin-qizlar masalasidagi ilg‘or qadamlardan biridir. Bu borada barcha fakultetimizning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masullari tajriba almashinish rejasiga muvofiq Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarini o‘rganishi va tajriba almashinishi rejalashtirilgan.
TIQXMMI matbuot xizmati