Dolzarb mavzudagi seminar

Joriy yilning 11-12-iyul kunari WOCAT SLM texnologiyalari va yondashuvlari, anketalari va ma'lumotlar bazasi bo'yicha Seminar bo'lib o'tdi. Seminar mashg'uloti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti FAO tomonidan tashkillashtirildi. Unda Qishloq va Suv xo'jaligi Instututlari professor o'qituvchi hamda doktorantlar, ishlab chiqarish tashkilotlaridan mutahassislar qatnashdi, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidan Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi tayanch doktoranti Mardiyev Shaxbozjon hamda “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta oʻqituvchisi Sharipov Sayfuddinlar qatnashdi. Seminarda FAO tashkiloti mutaxassislari Aziz Nurbekov, Muxammadjon Qosimov, Shuhrat Bobomurodovlar o'z taqdimotlari bilan Seminar ishtirokchilariga O'zbekistonning qurg'oqchil va sho'rlangan qishloq xo'jalik landshaftlarida IUPRning (INRM) samarali amaliyotga oid milliy ma'lumotlar bazasi hujjatlashtirish, tajriba almashish, baholash va tahlil qilish, shuningdek, Tabiiy resurslarni saqlab qolish bo'yicha xalqaro konvensiya va texnologiyalarni standartlashtirilgan usul va vositalardan foydalanib qaror qabul qilish (WOCAT) bo'yicha kerakli ma'lumotlar berib o'tildi.

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi tayanch doktoranti Mardiyev Shaxbozjon axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov