Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. 2020 yil 15-yanvar kuni Toshkent viloyati Chirchiq shaxri Yumaloq qo‘rg‘oni Ramazon ko‘chasi 43–uyda yashagan o‘z harbiy xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan serjant Saidazimov Janibek Umaraliyevichning xonadoniga tashrif buyurildi. GIM fakulteti dekan B.Norov hamda harbiy kafedra ofitserlari borib institut rahbariyati tomonidan taqdim etilgan sovg‘alarni topshirib, bayram tabrigi bilan ularning ota-onalarini qutlashdi.
GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov