Alisher Navoiy va Mirzo Вobur ijodida barkamol avlod tarbiyasi

Bugungi kunda yurtimizning har bir go‘shasida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” badiiy kechalari o‘tkazilmoqda. Ana shunday ta’birlardan biri joriy yilning 14-fevral kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti zalida ham bo‘lib o‘tdi.  Unda "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Hafizova fakultet yoshlar ittifoqi kengashi yetakchisi Sh.Abduqodirov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda fakultetimizning iqtidorli tashabbuskor  birinchi kurs talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Talabalarimiz o‘z chiqishlarida buyuk bobokalonlarimizning g‘azallarida, ruboiylaridan ijodkor talabalarimiz ijro etishdi. Shuni alohida e’tirof etish lozimki buyuk shoirlarimizning har bir g‘azallari, she’rlari va ruboyilari usib kelayotgan yosh avlodimiz ongu-shuuriga  vatanparvarlik g‘oyalarini, bu ikki allomani yozgan asarlarida ibo, hayo kabi ijobiy xislatlarning yoritilganligi ko‘rishimiz mumkin. Shuni alohida aytish joizki biz ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad buyuk allomalarimiz, ijodini keng miqyosda o‘qitish, o‘rgatish, yubiley sanalarini nishonlash va yod etish jarayonida  buyuk ajdodlarimizning asarlarini manbalar va qo‘lyozmalar asosida o‘rganishdir.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov