Siyosiy partiya talabalar nigohida

Joriy yilning 16 va 17 fevral kunlari institutimizning B -222 o‘quv xonasida 5630101-Ekologiya va AMM (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari R.Razzakov va Sh.Shoergashovalar tomonidan “Atrof-muhit va jamoat salomatligini tiklash hamda oliy ta’lim muassasalarida usluksiz ekologik ta’lim tizimini joriy etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent viloyati partiya tashkiloti bosh mutaxasislari X.Sa’dullaev, N.Ibragimova, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi direktor o‘rinbosari S. Daniyarovalar mehmon sifatida ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad partiya tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ishlar, yurtimizning ertangi porloq kelajagining davomchilari bo‘lgan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularni bandligini ta’minlash, tabiatga mehr uyg‘otish, hamda ta’limning barcha yo‘nalishlarida usluksiz ekologik ta’lim tizimini joriy etishga qaratildi. Bundan tashqari xar bir insonda o‘zi yashab turgan uy, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharni tabiiy holatini asrab avaylash, uni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tabiiy maskanlarni asl holida saqlash va ulardan unumli foydalanish, yurtimiz tabiatini muhofaza qilish singari fazilatlarni shakllantirish ekologik tarbiyaning ajralmas qismi ekanligi tushuntirildi.
 

 

TIQXMMI matbuot xizmati