Yosh avlodni tariximizning buyuk shaxslar, ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 16-mart kunida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Texnika va texnalogiyalarning texnik ekspertizasi va marketningi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 12-guruh talabalari hamda guruh murabbiyi PhD. A. Djalilov boshchiligida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat mobaynida Temuriylarga tegishli tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdi.
Bugungi kungacha O‘zbekistonda yangidan yangi muzeylar tashkil etilib, madaniy hayotimizning uzviy qismiga aylandi. Ularning ichida Temuriylar tarixi davlat muzeyi alohida ahamiyatga egadir. Ushbu muzey Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettiradi. Ushbu bino nafaqat muzey sifatida, balki Amir Temur va Temuriylar davri tarixini o‘rganuvchi ilmiy markaz sifatida xalqimizning davlatchilik tarixini yoritib beruvchi, ajdodlarimizning boy moddiy va ma’naviy merosini o‘zida mujassamlovchi va ilmiy tadqiq etib kelajak avlodga yetkazuvchi yagona ob’ekt ham hisoblanadi.
TIQXMMI matbuot xizmati