Yer umummilliy boylik, uni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. Ma’lumki, 2009 yil 22 aprelda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida “22 aprel-Xalqaro yer kuni” sifatida nishonlanishi belgilangan. Respublikamizda har yili oliy ta’lim muassasalarida ushbu kunga bag‘ishlangan tadbirlar va tanlovlar o‘tkaziladi. Shu munosabati bilan institutimizda 2019 yil 16-17 aprel kunlari “Yer umummilliy boylik, uni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir” shiori ostida fotosuratlar va innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi hamda intellektual o‘yinlar tanlovlari o‘tkazilmoqda. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, t.f.d. T.Z.Sultonov ochib berdi. Mazkur tadbirda BMT Taraqqiyot dasturi va IWMI - Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti vakillari, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Tanlovning birinchi kuni bo‘lishiga qaramasdan har bir fakultetlardan ijodkor, tashabbuskor, bilimga chanqoq talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari, fotosuratlar, innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi hamda intellektual uyinlari bilan faol ishtirok etishdi. Ushbu tanlov ertaga ham davom etadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz. Darhaqiqat, ma’lumot o‘rnida shuni ham alohida aytib, o‘tmoqchimiz. Bugun TDIU ga oliy ta’lim muassasalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari - 2019” tanlovini saralash bosqichida institutimizning iqtidorli, tashabbuskor “Irrigator jamoasi” fahrli birinchi o‘rinni egallab, shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Jamoaning keyingi bosqichlaridagi ishtirokida omad tilaymiz.
"Yer resurslarini boshqarish" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov