O‘zaro hamkorlik ulkan natijalarga yo‘l ochishi tayin. Ta’limning sifati va samarasini belgilaydigan bunday hamkorlikka e’tiborimiz benihoya baland. Bu dunyo tajribasida sinashta holat. Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika konsulligi (American Councils) delegatsiyasi institutimizga tashrif buyurishdi. American Councils dunyo bo‘yicha yetakchi mutaxassis va institut muvaffaqiyatini ta’minlash bilan nom qozongan.
U 89 mamlakatning 89000 dan ortiq mutaxassislari AQShning nufuzli universitetlarida tahsil olgan yoki malakasini oshirgan. Keyl Vagner boshchiligidagi delegatsiyaga TIQXMMI haqida umumiy ma’lumotlar berish bilan birga kelajakdagi hamkorlik haqida ham muzokaralar olib borildi. Institutimizda yo‘lga qo‘yilgan Amerikaning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik holati va bajarilgan ishlar ko‘lami ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Quvonarlisi bizning institutimizni American Councils O‘zbekiston OTMlarida targ‘ib qilish uchun yetakchi tashkilot qilib belgilashdi. Delegatsiya TIQXMMI va AQShning universitetlari bilan hamkorlik qilishda muhim dastak bo‘lishni ta’kidlab o‘tishdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov