“Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 412, 412a, 412b-guruh hamda “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” ta’lim yo‘nalishi 407, 408, 409-guruh talabalariga kafedra o‘qituvchilari M.Radkevich, M.Abduqodirova va Nasibov B.lar tomonidan “Kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash” fanidan “Salar oqova suv tozalash inshooti” da ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi.
Mutaxassislar tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Suv havzalarini va atrof muhitni muhofaza qilish va suv tanqisligi muammosini echishda kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash hamda oqova suvlarni tarkibida tozalashning fizika-ximiyaviy va biologik inshootlari bo‘lgan kanalizatsiya tizimi to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati