“Gidromelioratsiya” fakulteti «Suv xo‘jaligi va melioratsiya» ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 412a guruh talabalari guruh murabbiyi B.Nasibov va M.Abduqodirovalar bilan birgalikda Zangi ota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. Toshkent viloyatidagi XV asrga oid me’moriy yodgorlik hisoblangan Zangiota ziyoratgohi nafaqat respublikamizda, balki O‘rta Osiyo mamlakatlari xalqlari orasida ma’lum va mashhurdir Bu dargohga bevosita tashrif buyurish, u erdagi obida-yu yodgorliklarning asl mohiyatini dildan his qilish chin ma’noda o‘zlikni anglashga imkon beradi.
Zangi ota tarixiy majmuasi ana shunday ezgu o‘y-niyatlarga sarchashma bo‘ladigan muqaddas dargohdir. Talabalar Zangi ota majmuasidan boy taassurotlar bilan qaytishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati