Bitiruvchilarining mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylash

2021-yil 16-aprel kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetida ATB “Agrobank” hamkor tashkilot sifatida bitiruvchi 4-kurs talabalari bilan ishga joylashish masalalari bo‘yicha suhbat o‘tkazdi. Talabalarga ishga joylashish uchun ATB “Agrobank” tomonidan qo‘yiladigan talablar atroflicha tushuntirildi. Suhbat natijasida ishga joylashish xohishini bildirgan 14 nafar bitiruvchi kurs talabalar maxsus anketalarni to‘ldirishdi. Ular yaqin kunlar ichida bankka maxsus tanlov testlari, suhbatdan o‘tishi uchun chaqiriladi. ATB “Agrobank” xodimlari bank tomonidan ishga joylashishdan oldin maxsus o‘quv kursida ham o‘qish imkoniyati borligini bildirishdi.

O‘qish bilan bog‘liq barcha xarajatlar bank tomonidan qoplanadi. ATB “Agrobank” yirik banklardan biri hisoblanib, chuqur bilimga ega, kreativ fikrlaydigan oliy ma’lumotli kadrlarni tanlab olishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab, o‘qishga, tilni bilishga va shaxs madaniyatiga jiddiy e’tiborli bo‘lish zarurligini talabalarga bildirishdi. Bank xodimlari, ayniqsa viloyatlarda ishlashni xohlovchilar bilan suhbatlar tashkil qilishga doim tayyor ekanligi aytishdi. Ish beruvchilarning OTMga o‘zlari kelishib, nomzodlarga qo‘yiladigan talablarini ochiq aytishib, tegishli yordam berishga tayyorligini bildirishi yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi desak, xato bo‘lmaydi.

 

ТИҚХММИ matbuot xizmati