O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi 206-guruh talabasi Lazizjon Sodiqov “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi o‘qituvchisi Faxriddin Shafkarov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tashkil qilingan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asoslari” imtihonini muvaffaqiyatli topshirib tegishli sertifikatga ega bo‘ldi hamda buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilot hisoblangan “Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants – ASSA)”ning “Moliyaviy hisobot (Financial reporting)” fani imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati