OʻzR Vazirlar Mahkamasining Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (360-son, 27.04.2019-y.)
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, turk tilini chet tili sifatida oʻqigan abituriyentlar ham mazkur tildan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradilar. Endilikda OTMlarga hujjat topshirishda 086-U-shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma talab qilinmaydi.
Sirtqi taʼlimga hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari 16-avgustdan 25-avgustgacha kamida 3 ta fandan oʻtkaziladi.
Yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.
Imtihonlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan toʻplanishi kerak boʻlgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning oʻrniga qarab uning uchun ajratilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraliqda baholanadi.
Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda taʼlim muassasasining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
Oʻqishini bahorgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish har yili 15-yanvardan 25-yanvargacha davom etadi. Ilgari 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar edi
Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1327