OʻzR Vazirlar Mahkamasining Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (360-son, 27.04.2019-y.)
Yangi tartibga muvofiq, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:
- magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;
- “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha sinov;
- Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani boʻyicha sinov.
Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL boʻyicha kamida 72 yoki IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball boʻlganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi. Ilgari bu natijalar TOEFL boʻyicha kamida 58 va IELTS boʻyicha kamida 5 ball boʻlishi kerak edi.