Amaliyotdan alangali salomlar

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003-sonli, 2018 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-sonli hamda 2019 yil 31 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4410-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 4-bosqich talabalari ishlab chiqarish amaliyotini “O‘zagroservis” AJ va hududiy “Agroservis MTP” MChJ, Quyi Chirchiq tumani “TST Klaster” Xorijiy MChJ korxonalarida o‘tashmoqda. “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari amaliyot davomida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida foydalanib kelayotgan xorijiy davlatlarning zamonaviy “CASE”, “JOHN-DEERE” va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan MX-1,8 paxta terish mashinalarini ishlatish jarayonlarida bevosita ishtirok etishmoqda. “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 4-bosqich talabalari ishlab chiqarish amaliyotini Quyi Chirchiq tumani “TST Klaster” Xorijiy MChJ korxonalarida o‘tashmoqda. Talabalar amaliyot davomida paxta dalalarida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida foydalanib kelayotgan xorijiy davlatlarning zamonaviy “CASE” paxta terish mashinalarini ishlatish jarayonlarida bevosita ishtirok etishmoqda. Eslatib o‘tamiz lozimki, institutimiz rektorining 02 oktyabr 2019 yildagi 1131/t sonli buyrug‘iga asosan talabalar 07 oktyabdan 26 oktyabrga qadar amaliyot o‘taydilar.

“O‘qitishning texnik vositalari bo‘limi” boshlig‘i M.Tosheva axboroti