Mashinali suv ko‘tarib berishda suv – ho‘jalik xisobi mavzusida ochiq ma’ruza

Bugun 17 oktyabr 2018 yil 2 juftlikda “Suv enargiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi katta o‘qituvchisi Badalov Abdulla Sagdiyevich Mashinali suv ko‘tarib berishda suv – ho‘jalik xisobi mavzusida talabalarga Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Ma’ruzachi avval Mashinali suv ko‘tarib berishda suv – ho‘jalik xisobi nasos qurilmalarini zaruriy uzatilayotgan suv miqdorini ta’minlashi, ishonchli, puxta va to‘xtovsiz ishlashi uchun ushbu tadbirlarni amalga oshirish talab qilinishi haqida tushincha berdi:

- suv – ho‘jalik xisobini asosiy vazifasi bo‘lmish sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suv sarfi miqdorini aniqlash;

-iqlimni intensiv isib borishi qishloq ho‘jalik ekinlarini suv istemolini oshib borishini va sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish maqsadida takroriy ekinlarni ekilishini inobatga olib suv istemol grafigiga tuzatish kiritish;

-nasoslar sonini to‘g‘ri tanlash va tanlangan nasoslar soni suv istemol grafigini to‘liq va isrofsiz qoplash;

-tanlangan nasoslarni kerakli suv sarfi va bosimini bera turib yuqori f.i.k. bilan ishlatish;

-iqtisodiy tomondan afzal boshqarish usullaridan foydalanib, elektrnasos agregati va tashqi tarmoq ko‘rsatkichlarini bir-biriga mos tushishini ta’minlash. 

- ekinlarning suv iste’mol qilish pog‘onali grafigi bilan nasos stansiyasining ko‘tarib berayotgan pog‘onali suv sarfi grafigi bir xil bo‘lib ular ustma-ust tushadi, natijada suv va elektroenergiya isrofiga barham berish. 

shundan so‘ng global isish haqida videorolik namoyio‘ etildi hamda talabalarga vazifalar berilib bugungi mavzu yakunlandi. 

 

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti.