Prezidentimiz Murojaatnomasiga murojaat 

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017-yildan buyon anʼanaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy koʼrsatkichlar, yangi yilga moʼljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilinadi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yoʼllagan Murojaatnomasi 2021-yil uchun moʼljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqida bildirgan fikrlari ayni kunlarda barcha yurtdoshlarimiz qatori talaba-yoshlarimiz ham qizgʼin oʼrganishmoqda. Joriy yilning 15-yanvar kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida taʼlim olayotgan barcha kurslarga Prezidentimiz murojaati toʼgʼrisida targʼibot ishlari olib borildi. Unda instutimizning Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori R.Choriev tomonidan tasdiqlangan jadval asosida, "Gumanitar fanlar" kafedrasi katta oʼqituvchisi Mamadaminova Baxtigul Аbdupattaevna Prezidentimiz murojaatnomasining asosiy mazmun-mohiyatini talabalarimiz eʼtiboriga havola etdi.

Ular murojaatnomada asosan talaba-yoshlarga katta imkoniyatlar berilgani va shuningdek, ularning oʼqishi, intilishlari va boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishga alohida eʼtibor berilayotanini alohida taʼkidlab oʼtishdi. Shuningdek, talabalarga 2021-yilga “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berilgani murojaatnomada bugungi kunda dunyoda boʼlib oʼtayotgan xavf-xatarlar haqida ham alohida eʼtirof etildi. Yoshlarga katta imkoniyatlar berilayotgan bir davrda bu imkoniyatlardan unumli foydalanish, talaba-yoshlarga kutubxonalardan foydalanish, muntazam shugʼullanishlari aytildi. Yoshlarimizga munosib taʼlim berish, ularning ilm-fanga boʼlgan intilishlarini roʼyobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishimiz, oʼrta va oliy oʼquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va oʼquv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerakligi. Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sogʼlom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Tinchlik va sogʼlikni taʼminlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Murojaatnomani hayotga yoʼllanma, taraqqiyotga qoʼllanma desak mubolagʼa boʼlmaydi deb talaba-yoshlarga kerakli maʼlumotlarni berishdi. Ushbu maʼruzalar juda qiziqarli va savol javobga boy boʼlib oʼtdi. Mazkur davra suhbatidan talabalar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati