O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2020-yil 4-dekabrdagi 02-3453 sonli topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida saralangan 51 ta loyihani tijoratlashtirish, o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan 2021-yilning 18-yanvar kuni Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil qilingan muhokamada Institut professor-o‘qituvchilari: Matyakubov B.Sh., Atajanov O.U. hamda bir guruh iqtidorli talaba va magistrlar qatnashdi.
Muhokama jarayonida, institutimizda 3 yil davomida bajarilgan QX-A-QX-2018-529-sonli “Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida egat ko‘ndalang kesimining turg‘un profilini va loyihaviy nishabligini ta'minlovchi yangi texnologiya va texnik vositani yaratish” mavzusidagi amaliy grantni 2021-yil tijoratlashtirish bo‘yicha bir qator savollar berildi va ma’sul bajaruvchilar tomonidan kerakli javoblar olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati