Murojaatnoma – dastur ul amal

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi  2020 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqida bildirgan fikrlarini ayni kunlarda barcha yurtdoshlarimiz qatori talaba-yoshlarimiz ham qizg‘in o‘rganishmoqda. Xususan, 2020 yil 14 fevral kuni 3-TTJda "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti dekani Q.Shovazov Murojaatnomada ta’kidlab o‘tilgan alohida muhim 17 ta jihat, qabul qilinishi va qayta ishlab chiqilishi nazarda tutilayotgan 16 ta qonun, shuningdek, kodekslar, konsepsiyalar, dasturlar hamda strategiyalar – bularning barchasi ona Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi. Albatta, bu jarayon yoshlardan ulkan mas’uliyatni, tashabbuskorlikni, daxldorlikni talab etadi. Ushbu ma’ruzalar juda qiziqarli va savol-javobga boy bo‘lib o‘tdi. Mazkur davra suhbatidan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H. Boymatov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov